O`zbekiston Bosh prokurorining buyrug`iga asosan Islombek Rustamovich Xo`jamuradov Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumani prokurori etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga asosan, Islombek Xo`jamuradov 1984 yilning 8 iyunida Qumqo`rg`on tumanida tug`ilgan. 2006 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Ma`lumoti bo`yicha mutaxassisligi – huquqshunos. U faoliyati davomida Surxondaryo viloyati prokuraturasi bo`lim boshlig`i, Jarqo`rg`on tumani prokurori, Surxondaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi, lavozimlarida ishlagan.
Muzrabot tumanining avvalgi prokurori Xurshidjon Erkinovich esa Navoiy viloyati Karmana tumani prokurori etib tayinlandi.






