AsosiyJamiyat

Toshkent – Novosibirsk yo`nalishida avtobus qatnovlari tiklanmoqda

'Toshkent – Novosibirsk yo`nalishida avtobus qatnovlari tiklanmoqda'ning rasmi

2022 yil 1 avgustdan Rossiya Federasiyasining Novosibirsk shahriga muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklanadi. O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati buni ma`lum qildi.

Ta`kidlanishicha, mazkur yo`nalishda “Yulduz-SX” xususiy korxonasi o`zining “Yutong” rusumli avtobuslarida qatnovlarni amalga oshiradi.

Ma`lumot uchun Toshkent – Novosibirsk yo`nalishida qatnovlar haftaning har dushanba kuni bajariladi. Ushbu yo`nalishda avtobuslar “Toshkent” avtovokzalidan soat 14:00 da harakatlanishni boshlaydi. Mazkur yo`nalishda chipta narxi 803 000 so`m etib belgilangan.  

 Novosibirsk – Toshkent yo`nalishida qatnovlar esa haftaning har juma kuni amalga oshiriladi. Avtobuslar mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da Toshkent tomon yo`lga chiqishi aytiladi.

    Boshqa yangiliklar