AsosiyJamiyat

Forish tumanida sel keldi (video)

'Forish tumanida sel keldi (video)'ning rasmi

Bugun, 30 iyul kuni soat 16:15 larda Jizzax viloyati Forish tumani Uchma qishlog`ida kuzatilgan qisqa muddatli yog`ingarchilik natijasida ariq suvlari keskin ko`payib, ayrim joylarida o`zanidan toshib chiqdi.

 Hodisa yuzasidan viloyat FVB ma`lumot taqdim etdi.

Ma`lum qilinishicha, hodisa yarim soatga yaqin davom etib, aholi yashash joylari va ekin maydonlariga jiddiy talafot etmagan. Jabrlanganlar yo`q.

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga sel va toshqinlar bo`yicha fuqarolardan murojaatlar kelib tushmagan.

Ayni vaqtda hodisa joyida FVB xodimlari tomonidan qo`shimcha o`rganish ishlari olib borilmoqda. Vaziyat nazorat ostida.

    Boshqa yangiliklar