Samarqand viloyati bojxona boshqarmasining ma`lum qilishicha, "Samarqand-Vnukovo" yo`nalishidagi aviareys bilan xorijga ketayotgan fuqaro A.A.ning bagaj sumkasi rentgen apparati yordamida bojxona nazoratidan o`tkazilgan.
Natijada fuqaroning bagaj sumkasidan Kushonlar davriga oid 5 dona qadimiy tangalar, 3 dona tarozi kalibrovkasini o`lchaydigan qadimiy metallar hamda 1 donadan 7,62 kalibrli gilza va otilgan o`q qoldig`i borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda
Ma`lumot uchun: Ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni O`zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi mumkin emas.






