AsosiyJamiyat

Konstitusiyaga Markaziy Saylov Komissiyasi vakolati bilan bog`liq qanday o`zgartirish kiritilmoqda?

'Konstitusiyaga Markaziy Saylov Komissiyasi vakolati bilan bog`liq qanday o`zgartirish kiritilmoqda?'ning rasmi

Ma`lumki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan Konstitusiyaga o`zgartirishlar kiritishga oid qonun loyihasining umumxalq muhokamasi muddatini yana 15 kunga, ya`ni 1 avgustga qadar uzaytirish to`g`risida qaror qabul qilingan edi. Bugungi Konstitusiyaviy qonun loyihasida Markaziy Saylov Komissiyasi vakolatilarini kafolatlovchi qoidalar kiritilmoqda. Xo`sh, ular nimalardan iborat?

Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri Xushvaqt Hayitov:

"– Taklif etilayotgan o`zgartishga ko`ra, kelgusida Markaziy Saylov Komissiyasi vakolatlari kengaytirilmoqda va MSK bevosita Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar kengashlari saylovlarini o`tkazishga ham bevosita mas`ul etib belgilangan.

Shu bilan birgalikda o`zgartirishlar natijasida MSK nafaqat parlament saylovlari, balki mahalliy kengash saylovlarini tashkil etish va o`tkazishda vakolatli organ bo`ladi va javobgar hamda mas`ul etib belgilanmoqda. 

Bundan ko`zlangan asosiy maqsad ushbu saylovlarni shaffof, adolatli, milliy qonunchiligimizga, xalqaro qonun standartlariga muvofiq holda o`tkazilishini ta`minlashdan iborat", – deydi Xushvaqt Hayitov.

    Boshqa yangiliklar