Bugungi kunda Konstitusiyaviy islohotlar doirasida taklif etilayotgan normalardan biri, aynan 35-moddaga, fuqarolarni o`zini-o`zi boshqarish organlariga ham murojaat qilishi mumkin ekanligi ko`rsatib o`tilyapti.
Bu haqda yoshlar muammolarini o`rganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash instituti direktor o`rinbosari, sosiologiya fanlari nomzodi, dosent Alisher Yunusov xabar bermoqda.
Uning so`zlariga ko`ra, bugungi kunda aholi keng murojaat qilayotgan organlardan biri rasmiy tilda o`zini-o`zi boshqarish organlari, ya`ni mahallalar hisoblanadi.
Tadqiqotlarga ko`ra, har beshta murojaatdan biri aynan mahallaga bo`lgan.
"Amaldagi konstitusiyaning 35 moddasiga qaraydigan bo`lsak, fuqarolarni xalq muassalari, davlat tashkilotlariga murojaat qilishi mumkinligi ko`rsatilgan, biroq o`zini-o`zi boshqarish organlariga murojaat etishi mumkinligi qayd etilmagan. Bugungi kunda bo`lib o`tayotgan konstitusiyaviy islohotlar doirasida moddaga shu boradagi jumlani qo`shish — fuqarolarni o`zini-o`zi boshqarish organlariga ham murojaat qilishi mumkin ekanligi ko`rsatib o`tilyapti. Bu yuqorida aytib o`tganimiz kabi mahallaga barchani murojaat qilishi mumkinligini bosh qomusimizda aks ettiruvchi norma bo`ladi",-deydi dosent .






