AsosiyJamiyat

Konstitusiyada migrantlar huquqlari mustahkamlanmoqda

'Konstitusiyada migrantlar huquqlari mustahkamlanmoqda'ning rasmi

Tirikchilik, bola-chaqa, orzu-havas deymiz...  Bu yo`ldagi umrguzaronlik turfa xil. Ulardan biri musofirchilikning qattiq noni bo`ladi. 

Vatandan yiroq qorako`zlarga aslo osonmas. Bekitib nima qildik, xo`rlangan, haq-ququqi poymol, izzat-nafsi yo`q, nomusi toptalgan yurtdoshlarimiz to`g`risidagi xabarlarga kunda-kunora ko`z tushadi. Chet elga sayohat yoxud davolanish ilinjida ketib ham mushkulotlarga ro`baro` bo`lish hech gap emas.  

O`zga yurtlardagi fuqarolarimiz davlat ko`magi-yu–dastagiga xuddi shu holatlarda muhtoj bo`ladi. Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan bu boradagi sa`y-harakatlar faol olib borilayotgan bo`lsada, yangilanayotgan Qomusda mazkur moddaning (22-moda) qat`iy bitib qo`yilishi olis yurtdagi har bir musofir vatandosh uchun panoh va najotdir aslida.  

    Boshqa yangiliklar