Davlat statistika qo`mitasi bu bo`yicha ayrim ma`lumotlarni e`lon qildi.
Unga ko`ra, O`zbekistonga 2022 yilning yanvar-iyun oylarida quyidagicha qiymatdagi oziq-ovqat mahsulotlari import qilingan:
- Bug`doy – 375,4 mln. AQSh dollariga;
- Shakarqamish – 185,3 mln. AQSh dollariga;
- Margarin mahsulotlari – 156 mln. AQSh dollariga;
- Qoramol go`shti – 98,6 mln. AQSh dollariga;
- Bug`doy uni – 63,4 mln. AQSh dollariga;
- Kartoshka – 55,5 mln. AQSh dollariga;
- Kakao va shokolad – 53 mln. AQSh dollariga;
- Sut mahsulotlari – 38 mln. AQSh dollariga;
- Bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari – 35 mln. AQSh dollariga;
- Banan – 26,5 mln. AQSh dollariga;
- Choy – 23 mln. AQSh dollariga;
- Parranda go`shti – 22 mln. AQSh dollariga;
- Makkajo`xori – 21 mln. AQSh dollariga;
- Kofe – 15 mln. AQSh dollariga;
- Qandolat mahsulotlari – 12,5 mln. AQSh dollariga.






