Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining joriy yil 15 iyul kuni o`tkazilgan majlisida “O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Konstitusiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasining muddatini 2022 yil 1 avgustgacha uzaytirish haqida qaror qabul qilingan edi.
1 avgust soat 00:00 holatiga ko`ra, umumxalq muhokamasiga takliflarni qabul qilish to`xtatilgani ma`lum qilindi.
Qonunchilik palatasining mas`ul qo`mitalari xalqimizdan kelib tushgan takliflarni umumlashtirish, tahlil qilish va qonun loyihasini takomiliga etkazish borasidagi faoliyatini davom ettiradi, deyiladi rasmiy xabarda.






