AsosiyJamiyat

Bugun mikrohududdan tashqari maktablarga ariza topshirish boshlanadi

'Bugun mikrohududdan tashqari maktablarga ariza topshirish boshlanadi'ning rasmi

Xalq ta`limi vazirligining bergan xabariga ko`ra, bugun 10:00 da mikrohududdan tashqari maktablarga onlayn hujjat topshirish boshlanadi. 

Shuningdek, My.maktab.uz platformasi yoki tizimning mobil ilovasi yordamida mikrohududdan tashqari hududda joylashgan maktablarga ariza yuborilgandan so`ng belgilangan kun va vaqtda maktabga o`z farzandlaringiz bilan tashrif buyurishingiz kerak bo`ladi.

Ma`lumot uchun:

Shu kunga qadar my.maktab.uz platformasi orqali biriktirilgan mikrohudud byo`icha 79 152 ariza kelib tushgan bo`lib, shundan 54 771 nafarining arizalari umumta`lim maktablariga qabul qilingan.

Mikrohududdan tashqari maktabga yuborilgan ariza qabul qilinganidan so`ng, mikrohudud bo`yicha qabul qilingan mavjud ariza avtomatik ravishda tizim tomonidan o`chiriladi.

Maktab ma`muriyati zaruriyatga ko`ra elektron platforma orqali yuborilgan ma`lumotlarning haqqoniyligini o`rganish uchun ota-onalardan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va tug`ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasini talab etishga haqli.

Qabul jarayonlari bo`yicha qo`shimcha ma`lumotlarni @mymaktab_uz telegram kanali yoki 71 203-07-04 telefon raqami orqali olish ma`lumot olish mumkin.

    Boshqa yangiliklar