AsosiyJamiyat

​SSV: 2022/2023 o`quv yili uchun klinik ordinaturaga qabul 22 avgustgacha davom etadi

'​SSV: 2022/2023 o`quv yili uchun klinik ordinaturaga qabul 22 avgustgacha davom etadi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirining tegishli buyrug`i bilan 2022/2023 o`quv yilida klinik ordinatura (rezidentura) bo`yicha mutaxassisliklar va ularga muvofiq keluvchi bakalavriat ta`lim yo`nalishlari ro`yxati, ularda o`qish muddati, umumiy va maqsadli qabul rejasi hamda test sinovlarini tashkil etish jadvali tasdiqlandi.

Klinik ordinatura mutaxassisliklariga o`qishga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Bunda, tibbiyot oliy ta`lim muassasalari va ularning filiallari, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan tanlangan mutaxassislikka mos ravishda tegishli bakalavriat ta`lim yo`nalishlari fanlari negizida kirish sinov imtihonlari amalga oshiriladi.  

Fanlar bo`yicha kirish imtihonlari og`zaki va test sinovlari shakllarida o`tkaziladi.

Klinik ordinatura mutaxassisligiga mos ravishda tegishli bakalavriat ta`lim yo`nalishlari bo`yicha imtihonlar natijalari sinovlar o`tkazilganidan keyin uch kun muddatda ta`lim muassasasi tomonidan idoralararo elektron axborot almashinuv tizimi orqali Sog`liqni saqlash vazirligiga taqdim etiladi hamda mazkur muassasaning rasmiy veb-saytida e`lon qilinadi.

2022/2023 o`quv yili qabulida hujjat topshiruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ro`yxatdan o`tish jarayoni bevosita va onlayn tarzda – tashkilotlarning rasmiy veb-saytlari orqali amalga oshiriladi.

Klinik ordinatura (rezidentura)ga hujjatlar qabul qilish joriy yilning 22 avgustigacha (shu kuni ham) davom etadi.

    Boshqa yangiliklar