AsosiyJamiyat

Volgogradda 11 nafar o`zbekistonlik mehnat migranti zaharlandi

'Volgogradda 11 nafar o`zbekistonlik mehnat migranti zaharlandi'ning rasmi

Rossiya Federasiyasining Volgograd viloyatida o`zbekistonlik 11 nafar mehnat migrantining zaharlangani haqida ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarlar yuzasidan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi quyidagilarni ma`lum qildi.

Dastlabki o`rganishlardan ma`lum bo`lishicha, joriy yil 28 iyul kuni Volgograd viloyati Bkovskiy tumanidagi "Pobeda" fermer xo`jaligida qonuniy ishlab kelayotgan fuqarolarning sog`lig`i yomonlashgach, tez yodam chaqirilib, shifoxonaga olib borilgan.

Ovqatdan zaharlanish tashxisi qo`yilib, ular shifoxonaga yotqizilgan.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Volgograd viloyatidagi vakiliga shifokorlarning ma`lum qilishicha, hozirgi vaqtda fuqarolar o`zlarini yaxshi his qilishmoqda va sog`lig`i tiklangach, shifoxonadan javob beriladi.  

 

    Boshqa yangiliklar