Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi axborot xizmati rahbari Otabek Ashurov ma`lum qildi:
O`tgan 2021 yil kuz mavsumida “yashil makon” umummilliy tadbiri doirasida respublikamiz bo`ylab jami 85 million dona daraxt va buta ko`chatlari ekilib, reja 114 foizga bajarildi.
Shuningdek, joriy yilning bahor mavsumida ham ishlar davom ettirilib, 127 milliondan ziyod mevali, manzarali daraxt va buta ko`chatlari ekildi hamda belgilangan topshiriq 101,6 foizga bajarilishiga erishildi.
Bugungi kunga qadar “yashil bog`lar” hamda “yashil jamoat parklari” tashkil etish bo`yicha tuman va shahar hokimliklarining tegishli qarorlari qabul qilinib, joriy yilning bahor mavsumida respublikamiz bo`yicha 480 gektar maydonda “yashil bog`lar” hamda 407 gektar maydonda “yashil jamoat parklari” barpo etish ishlari amalga oshirildi.






