Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, fuqaro O.E. fuqaro A.ning tanishini Namangan davlat universitetining jismoniy madaniyat fakultetiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 4 000 AQSh dollari va 22 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Samarqand shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.N. boshqa bir fuqaro J.ni Samarqand davlat univeritetiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga, 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Kogon shahar bo`limi tomonidan IIB xodimlari hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro N.E. fuqaro M.ni 1 500 AQSh dollari evaziga tanishlari orqali Buxoro shahridagi Jamoat salomatligi texnikumiga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilib, oldindan 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






