Bugun ijtimoiy tarmoqlarda davlat grantida tahsil olgan talabalar uchun mutaxassisligi bo`yicha kamida uch yil ishlab berish majburiyatini bekor qilish masalasi ko`rib chiqilayotgani haqida xabar tarqaldi.
Holat yuzasidan Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi axborot xizmati izoh berib, tarqalgan xabarlar asossiz ekanini va mas`ullarning bundan bexabarligini ma`lum qilgan.
Eslatib o`tamiz, 2005/2006-o`quv yilidan boshlab O`zbekistondagi barcha ta`lim yo`nalishlari bo`yicha davlat grantlari asosida tahsil olgan oliy ta`lim muassasalari bitiruvchilarini majburiy tartibda kamida uch yil ishlab berish sharti bilan ta`lim muassasalariga, korxona va tashkilotlarga ishga taqsimlash amaliyoti joriy etilgan.






