AsosiyJamiyat

2-5 avgust kunlari kuzatiladigan hodisa bo`yicha shoshilinch axborot berildi

'2-5 avgust kunlari kuzatiladigan hodisa bo`yicha shoshilinch axborot berildi'ning rasmi

 2-5 avgust kunlari Toshkentda kuchli shamol bo`lishi va yomg`ir yog`ishi kutilmoqda. Hokimlik bunday holatda ehtiyot choralarini ko`rish bo`yicha shoshilinch axborot e`lon qildi.

"Sizdan ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishingizni, daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalaringizni qo`ymasligingizni so`raymiz",-deyiladi unda.

Eslatib o`tamiz, noqulay ob-havo sharoiti – kuchli shamol, yog`ingarchiliklar bilan bog`liq har qanday favqulodda vaziyatlarda Toshkent shahar hokimligining tegishli xizmatlari bilan  (71) 212-69-80, (71) 212-69-82, 1050 va 1055 raqamlariga murojaat qilib bog`lanishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar