AsosiyDunyo

Tayvanda urush boshlansa, dunyo yarimo`tkazgichlarsiz qolishi mumkin

'Tayvanda urush boshlansa, dunyo yarimo`tkazgichlarsiz qolishi mumkin'ning rasmi

Orolda mikrosxemalar ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyalar joylashgan.

Agar Xitoy Tayvanga bostirib kirsa, har ikki hudud iqtisodiyoti beqarorlikka yuz tutadi. Bu haqda yarimo`tkazgichlar ishlab chiqaruvchisi bo`lgan  Taiwan Semiconductor Manufacturing Company (TSMC) direktori Mark Lyu ma`lum qildi, deya yozmoqda Zamon.uz' nashri.

Qayd etilishicha, Lyu harbiy harakatlar vaqtida uning kopmaniyasi himoyasiz qolishi va faoliyati to`xtashi mumkinligidan ogohlantirgan.

TSMC rahbari bu Xitoyga ham zarar keltirishini, sababi kompaniyaning 10 foiz ulushi Pekinga tegishli ekanini aytgan.

Lyu, shuningdek, dunyo iqtisodiyoti to`xtab qolmasligi uchun barcha tomonlardan nizoning oldini olishga harakat qilishlarini iltimos qilgan.

Eslatib o`tamiz, bugun, 2 avgust kuni AQSh Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga keldi. Uning orolga ehtimoliy tashrifi Xitoyning keskin noroziligiga sabab bo`lmoqda.  Xususan, sal avval Si Szinpin Jozef Bayden bilan telefon muloqoti chog`ida "olov bilan o`ynashmaslik"ni maslahat bergan. Biroq Nensi o`z tashrifi bilan bog`lab aytilgan, Xitoy suverenitetiga qarshi kurash deb hisoblagan nuqtai nazarni rad etgan.

    Boshqa yangiliklar