AsosiyJamiyat

Namangandagi bog`chada bola tilini chaynab yuborib, vafot etdi

'Namangandagi bog`chada bola tilini chaynab yuborib, vafot etdi'ning rasmi

Holat yuzasidan vazirlik munosabati e`lon qilindi.

Ma`lum bo`lishicha, hodisa kecha Chust tumani Maktabgacha ta`lim bo`limiga qarashli 64-sonli bog`chada yuz bergan. 

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2017 yilda tug`ilgan A.Sh. joriy yilning 1 avgust kuni ertalab  MTTga qabul qilingan. Ta`limiy faoliyatga yaxshi qatnashgan. Kun tartibiga ko`ra tushlik qilgan va gigiena qoidalariga amal qilgach barcha tarbiyalanuvchilar qatori  uxlashga yotgan. 

Tarbiyachi uyqudan uyg`onish vaqti bo`lganda avval qiz bolalarni, so`ngra o`g`il bolalarni hojatga olib chiqish uchun uyqudan uyg`otgan. Lekin bola boshini ko`targan va yana yotib olgan. Qizlarni hojatdan olib kelib  A.Sh.ni uyg`otgan. Shunda bola tilini chaynab yuborganligini ko`rgan va zudlik bilan hamshirani oldiga birinchi yordam ko`rsatish uchun ko`tarib olib chiqqan. 

MTT hamshirasi bolaga birinchi tibbiy yordamni qilib zaruriy muolajalarni amalga oshirgan va tez tibbiy yordamga xabar berilgan. Tibbiyot xodimlarining harakatlariga qaramay bolakay vafot etgan. J22 Quyi nafas yo`llarining aniqlanmagan o`tkir respirator infeksiyasi, J81 O`pka shishishi o`lim sababi etib ko`rsatilgan.

"Ushbu holat yuzasidan 2022 yil 2 avgust kuni viloyat Maktabgacha ta`lim boshqarmasi tezkor guruhi tomonidan dastlabki o`rganish o`tkazildi hamda tegishli ma`lumotlar va hujjatlar to`plandi. Hozirda holat yuzasidan tergov ishlari amalga oshmoqda. Tergov natija yakuni bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi",-deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar