Bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda kechga tomon qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Havo harorati 32-37° bo`ladi.
Poytaxtimizda kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momoqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 34-36° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 20-25° bo`ladi.






