AsosiyJinoyat

“Davrbank”dan 15 mlrd so`m o`g`irlagan shaxslar ushlandi

'“Davrbank”dan 15 mlrd so`m o`g`irlagan shaxslar ushlandi'ning rasmi

O`zbekistonda bankdan juda ko`p miqdorda pul o`g`irlagan shaxslar ushlandi.

Qayd etilishicha, 2022 yil 7 iyul kuni 1976 yilda tug`ilgan S.Sh. o`zining jinoiy sheriklari bilan o`zaro til biriktirib, Toshkentning «Davr bank» XATB tizimiga ruxsatsiz kirish orqali 15 milliard so`m miqdordagi pullarni o`zining jinoiy sherigi 2000 yilda tug`ilgan N.Sh.ning nomiga ochilgan plastik kartalarga o`tkazgan.

So`ng N.Sh. ushbu pullarning 11 453 244 343 so`m miqdorini noqonuniy o`zlashtirgan. Echib olingan pullar jinoiy guruh a`zolari o`rtasida taqsimlangan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi (juda ko`p miqdorda o`g`rilik) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Toshkent shahar IIBB tomonidan olib borilgan tezkor tergov harakatlari natijasida 11 nafar fuqaro gumonlanuvchi sifatida jalb qilinib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlangan. Shuningdek ikki nafar gumonlanuvchilar 1986 yilda tug`ilgan U.S. hamda 1988 yilda tug`ilgan A.E.ni ushlash choralari ko`rilmoqda.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar