AsosiyJamiyat

Bobomurod Hamdamov, Sherali Jo`raev va Abdurauf Olimov qo`shiqlaridan shartnomasiz foydalanish taqiqlandi

'Bobomurod Hamdamov, Sherali Jo`raev va Abdurauf Olimov qo`shiqlaridan shartnomasiz foydalanish taqiqlandi'ning rasmi

2022 yil 1 avgustdan boshlab O`zbekiston va Turkmaniston xalq artisti Bobomurod Hamdamov, O`zbekiston xalq artisti, Navoiy mukofoti sovrindori Sherali Jo`raev va Abdurauf Olimov asarlaridan lisenziya shartnomasi tuzmasdan har qanday shaklda va usulda foydalanish taqiqlanadi. Bu haqda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xabar berdi.

Mazkur taqiq O`zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida”gi Qonuniga va O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga (1034-modda) muvofiq amal qiladi.  

Taqiq ularning asarlaridan ommaviy foydalanish, tarqatish va barcha ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va turli ijtimoiy kanallar, platformalar va veb-saytlarda joylashtirish, shuningdek, asarlardan ommaviy tadbirlar va tantanalarda foydalanishga taalluqlidir.  

Eslatib o`tamiz, mualliflik huquqi egalarining mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini buzish, ularning asarlaridan noqonuniy foydalanish amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli javobgarlikka sabab bo`ladi.

Amaldagi Konstitusiyamizning 36-moddasida har bir shaxs mulkdor bo`lishga haqli ekanligi mustahkamlangan. Mazkur moddanining birinchi qismiga intellektual mulk huquqiga ega bo`lish haqidagi norma kiritilishi taklif etilayapti. Xususan, 36-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilishi mumkin: "Har kim qonun bilan muhofaza qilinadigan mulkka, shu jumladan intellektual mulkka bo`lgan huquqqa ega".

    Boshqa yangiliklar