Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan “Qizni boqqa olib borgan o`qituvchisi nima qilganini ko`ring...” sarlavhali videoxabar tarqaldi.
Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, 2022 yil 27 may kuni Quva tumani, Toshkent MFY, Navoiy ko`chasi 91 uyda yashovchi, tumandagi 9 umumiy o`rta ta`lim maktabining 4 sinf o`quvchisi, voyaga etmagan S.X sinfdoshlari bilan sinf rahbari I.Z boshchiligida Farg`ona shahridagi Ahmad Al-Farg`oniy nomidagi markaziy istirohat bog`iga o`ynagani boradi. O`sha payt istirohat bog`idagi arg`umchoqli qayiqning cheti S.X ning boshiga tegib ketib tan jarohati olgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv hakaratlari olib borilmoqda. S.X ning olgan tan jarohati darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.






