Bu bo`yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Ayni kunlarda bolalarning ma`lum va noma`lum sabablar bilan bog`chada vaqtida vafot etishi bilan bog`liq hodisalar tez-tez uchramoqda. Xususan, kecha Namanganlik bola tilini chaynab, hayotdan ko`z yumgandi. J22 Quyi nafas yo`llarining aniqlanmagan o`tkir respirator infeksiyasi, J81 O`pka shishishi o`lim sababi etib ko`rsatilgandi.
Oradan 1 kun o`tib Xorazmda ham bola vafoti haqida xabar berildi. Viloyat MTB matbuot xizmati ma`lumotiga asosan, Xonqa tumanidagi "Toma" mahallasida joylashgan 24-son davlat Maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi O`.Sh.A (5 yosh)ning tushlikdan so`ng tobi qochishi oqibatida zudlik bilan tez yordam chaqiriladi.
Shundan so`ng bola vafot etgan.
"Bu bo`yicha sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko`ra shuningdek huquqni muhofaza quluvchi tashkilotlar tomonidan yakuniy xulosa berilgach, Maktabgacha ta`lim vazirligi axborot xizmati tomonidan to`liq bayonot beriladi",-deyiladi xabarda.






