Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig`ilishi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Bugungi mavzu 30 yildan beri keyinga surilib kelayotgan masalalar echimiga qaratilgan. Gap 35 million aholimizning hayotini engil qiladigan, kayfiyatiga bevosita ta`sir ko`rsatadigan – davlat xizmatini isloh qilish hamda boshqaruvda natijadorlik va sifatni oshirish haqida borayapti”, dedi davlatimiz rahbari yig`ilish avvalida.
Ta`kidlanganishicha, bu sohada 118 ming kishi mehnat qilmoqda. So`nggi yillarda davlat xizmatchilari xalqqa ancha yaqinlashdi, “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tizimi yo`lga qo`yildi.
Xodimlarga samarali ishlashlari uchun munosib sharoitlar yaratildi. Natijada, davlat xizmatida 40 yoshgacha bo`lgan xodimlar ulushi 61 foizga etdi (ilgari 37 foiz bo`lgan).
“Lekin, hali davlat xizmati chinakam xalqni rozi qiladigan tizimga aylangani yo`q”, dedi Prezident.
Misol uchun, o`tgan yili Xalq qabulxonalariga vazirlik va hokimliklar xodimlarining bilimsizligi va mas`uliyatsizligi haqida 25 mingta, ularning muloqot madaniyati etishmasligi bilan bog`liq 7 mingta shikoyat kelib tushdi. Eng ko`p shikoyatlar Sog`liqni saqlash, Xalq ta`limi vazirliklari, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari hokimliklari faoliyati bilan bog`liq.
Yig`ilish davom etmoqda.






