Samarqandda "Damas" haydovchisi 18 nafar yo`lovchi bilan harakatlandi.
M-37 avtomobil yo`lining 11-kilometrida xizmat olib borayotgan YPX xodimi avtomashinani to`xtatganda transport vositasi ichidan ichidan jami shuncha yo`lovchi tushib kelgan. Yo`l harakati xavfsizligi xizmatining xabariga ko`ra, haydovchiga nisbatan Yo`l harakati qoidalarining 159-bandi talabini buzganligi bo`yicha ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
"Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini, yo`lovchilardan esa o`z salomatliklariga e`tiborsiz bo`lmasliklarini so`raymiz",-deyiladi xabarda.






