Toshkentda inson o`limi bilan bog`liq YTH sodir bo`ldi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, 2022 yilning 04 avgust kuni soat taxminan 00:30 larda Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy ko`chasida, haydovchi 1997 yilda tug`ilgan O.M. “Lacetti” rusumli, davlat raqam belgisi 01 Y 777 RA bo`lgan avtomashinada harakatlanib, yo`lni kesib o`tayotgan piyodani urib yuborgan.
Natijada piyoda - 1992 yilda tug`ilgan D.F. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.






