AOKAda Innovasion rivojlanish vaziri va mutasaddilari ishtirokida o`tkazilayotgan matbuot anjumanida respublikamizning 2022-2026 yillarda innovasion rivojlanish strategiyasi mazmun-mohiyati va amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida ma`lumot berildi.
Innovasion texnologik park, texnologiyalar transferi markazi, innovasion klaster, venchur tashkiloti, innovasiya markazi, startap akselerator, inkubatorlar kabi innovasion infratuzilma sub`ektlari tarmog`ini shakllantirish orqali startap tashabbuslarni qo`llab-quvvatlash hamda yirik hajmli ishlab chiqarishni tashkil etish mazkur Strategiyaning aosiy yo`nalishlari etib belgilangan.
Qarorga ko`ra, hududlarda 224 ta, tarmoqlarda 441 ta, oliygohlar va ilmiy tashkilotlarda 1 ming 86 ta loyihani amalga oshirish belgilangan.
Hozirda tarmoq va oliygoh/ilmiy tashkilotlar kesimida jami 1 751 ta innovasion loyihalar shakllantirilgan. Xususan, hududlar kesimida 2 507 ta ish o`rni yaratiladigan 206 mlrd so`mlik 224 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Tarmoqlar kesimida esa, ilmiy-innovasion mahsulotlar ishlab chiqarilishi belgilangan 26 ta tarmoq tashkilotning 6,6 trln so`mlik 265 ta loyiha; iqtisodiyot tarmoqlarida amalga oshiriladigan 33 trln so`mlik 176 turdagi innovasion mahsulotlarni seriyalab ishlab chiqarish va texnologiyalar o`zlashtirilishi nazarda tutilgan “drayver” loyihalar shakllantirilgan.






