AsosiyJamiyat

O`zbekistonning qaysi hudud aholisi taksi xizmatidan eng ko`p foydalanishi ma`lum bo`ldi

'O`zbekistonning qaysi hudud aholisi taksi xizmatidan eng ko`p foydalanishi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida avtomobil transporti tomonidan ko`rsatilgan bozor xizmatlarning umumiy hajmida taksi xizmatining hissasi 49,7 foizni yoki 9,5 trillion so`mni tashkil etdi

Davlat Statistika qo`mitasi ma`lumotlarida qayd etilishicha, xizmatning ushbu turidan Toshkent viloyatida eng ko`p foydalanilayotgani kuzatilgan. Bu viloyatda avtomobil transporti xizmatlarining umumiy hajmida taksi xizmati 19,8 foizni tashkil etadi. Shuningdek, bu ko`rsatkich Samarqand viloyati (17,1%) va Toshkent shahrida ham yuqori (12,2%) bo`lgan. Sirdaryo  viloyatida esa bor-yo`g`i 1,7 foizni tashkil qilgan.

    Boshqa yangiliklar