Bugun, 8 avgustdan 2022-2023-o`quv yili uchun oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi.
Test sinovlari 8 avgustdan 20 avgustga qadar ikki smenada:
1-smena — 07:00 dan 10:00 ga qadar;
2-smena — 19:00 dan 22:00 ga qadar bo`lib o`tadi.
Bunda abiturientlar test sinovi o`tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va abiturient ruxsatnomasi bilan kelishlari hamda
1-smenada 06:30 ga qadar;
2-smenada 18:30 ga qadar tekshiruvlardan o`tgan holda o`z joyiga joylashgan bo`lishlari lozim.
Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abiturientlar test sinovlariga kiritilmaydi.
Test sinovlari to`liq videokuzatuv ostida onlayn translyasiya qilingan holda o`tkaziladi va abiturientlar hamda ularning ota-onalari test2022.uz sayti va “Viasat Explore” telekanali orqali test sinovlarini onlayn kuzatib borishlari mumkin bo`ladi.
Ma`lumot uchun: Test sinovlari bo`lib o`tadigan maydon va hiyobonlar ro`yxati






