Akademik liseylarga kirish test sinovlari o`tkazilish sanasi va vaqti aniq bo`ldi.
Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi axborot xizmati ma`lumot bermoqda.
Qayd etilishicha, kirish test sinovlari 2022 yil 22 avgust kuni Davlat test markazi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda bir smenada o`tkaziladi.
Test sinovlari soat 8:00da boshlanadi.
"Imtihonlarni o`tkazish hududi va imtihonga kirish ruxsatnomasini olish bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi",-deyiladi xabarda.






