Unga og`ir artilleriya jalb qilinadi.
Tayvan qurolli kuchlari 9-11 avgust kunlari orol janubida harbiy mashg`ulotlar o`tkazadi. Bu haqda Zamon.uz' nashri xabar bermoqda.
“To`qqizinchi va o`n birinchi avgust kunlari Fengan dengiz porti atrofida og`ir artilleriya bilan o`quv mashg`ulotlari o`tkaziladi”, – deyiladi unda.
Qayd etilishicha, 155 mmli gaubisalar va 120 mmli minometlardan o`t ochiladi. Bundan tashqari, 5 sentyabrda Pindun uezdida an`anaviy mashg`ulotlar tashkil etiladi.
Ma`lumot o`rnida, 2 avgustda AQSh Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga tashrif buyurdi. Shundan keyin Xitoy orol atrofida yirik harbiy mashg`ulotlar boshlashini e`lon qildi. Hozirda Tayvan atrofidagi olti nuqtada o`quv mashqlari bo`lib o`tmoqda.






