"Hududgazta`minot" Matbuot xizmatining xabar berishicha, Shayxontohur tumani, Bunyodkor ko`chasida joylashgan er osti gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan bugun soat 10:00 dan 17:00ga qadar Shayxontohur va Chilonzor tumanlarining ba`zi hududlarida gaz o`chiriladi.
Chilonzor tumani, "Qozirobod" mahallasida, Qozirobod ko`chasida hamda Shayxontohur tumani, "Beshyog`och" mavzesida, "Oqtepa" mikrarayonida tabiiy gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi.
Shuningdek, Shayxontohur tumani, Zulfiyaxonim ko`chasidan o`tgan D-159, 108-mmli o`rta bosimli gaz quvurlarini xavfsiz joyga ko`chirish ishlari rejalashtirilgan.
Shu sababli bugun soat 10:00 dan 17:00 gacha "Shayxontohur" mahallasida, Olmazor tumani, "Sebzor" mahallasida tabiiy gaz ta`minotini etkazib berish vaqtinchalik to`xtatiladi.






