AsosiyJamiyat

Samarqandda mehmondorchilik janjalga aylanishi natijasida bir kishi vafot etdi(video)

'Samarqandda mehmondorchilik janjalga aylanishi natijasida bir kishi vafot etdi(video)'ning rasmi

Samarqandda fuqaroning uyiga kelgan mehmonlar o`rtasida ko`tarilgan janjal oqibatda bir kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Fojea joriy yilning 19 iyun kuni Oqdaryo tumani Pichoqchi mahallasida yashovchi fuqaro A.ning uyida sodir bo`lgan. Uning xonadonga kelgan mehmonlar Sh. va A. o`rtasida kelishmovchilik sabab janjal chiqqan. 

Ta`kidlanishicha, fuqaro Sh.ning bosh sohasi va qorniga berilgan kuchli zarba sabab uning sog`lig`i og`irlashgan. Pastdarg`om tumani tibbiyot birlashmasida shifokorlar ko`rsatgan tibbiy yordamga qaramay, u vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) 3-qismi “d” bandiga asosan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar