AsosiyJamiyat

Andijonda javob varaqasini o`z vaqtida topshirmagan abiturient test sinovidan chetlatildi

'Andijonda javob varaqasini o`z vaqtida topshirmagan abiturient test sinovidan chetlatildi'ning rasmi

Ayrim telegram kanallarda quyidagi rasm tarqatilib, turli fikrlar bildirilmoqda.

Davlat test markazining ma`lum qilishicha, mazkur rasm 9 avgust kuni Andijon viloyatidagi 1-sektorda o`tkazilgan test sinovidan olingan bo`lib, abiturient test materiallarini o`z vaqtida topshirmagan va guruh nazoratchilarining ogohlantirishlariga qaramay test topshiriqlarini ishlashda davom etgan.

Abiturient test materiallarini  topshirishdan bosh tortib, materiallarni guruh nazoratchilariga bermagani uchun test materiallariga ziyon etkazmaslik (yirtilmasligi) maqsadida abiturientdan test materiallari tortib olinmagan.

Test materiallari test sinovlari yakunlanganidan 15 daqiqa o`tib, 10:15 da topshirilgani uchun abiturient dalolatnoma asosida test sinovidan chetlashtirilgan.

" – Shuningdek, matematika fanidan test topshiriqlari aks etgan 2098197 raqamli test topshiriqlari kitobi diagnostik test sinovlariga taalluqli bo`lib, mazkur test topshiriqlari 2022-2023 o`quv yili uchun oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish test sinovlariga tegishli emas", – deyiladi DTM munosabatida.

    Boshqa yangiliklar