Sergeli tumani Qipchoq (Xonobod) ko`chasi bo`ylab TXAY dan Fayzli ko`chasigacha bo`lgan hududda er usti metrosi qurilish jarayonida D-1000mm tarmoqlarni ko`chirish uchun 2022 yil 10 avgust soat 10:00 dan 2022 yil 11 avgust soat 22:00 gacha suvni o`chirish jarayonida ichimlik suvi vaqtinchalik to`xtatiladigan va suv bosimi pasayadigan hududlar ro`yxati e`lon qilindi. Bu haqda Toshkent shahar suv ta`minoti MChJ Axborot xizmati xabar berdi.
Tumandagi quyidagi mahallalarda ichimlik suvi to`liq to`xtatiladi:
“Ziyokor”, “Nomdanak”, “Qorasuv”, “Taraqqiyot”, “Xonobod”, “Qushbegi", "Xonobodtepa”, “Quruvchilar”, “Daryo bo`yi”, “Fayzli”, “Jaloir” va “Qipchoq” mahallalarida ichimlik suvi to`xtatiladi.
Quyidagi mahallalarda ichimlik suv bosimi pasayadi:
“Sug`diyona”, “Sofdil” mahallalari.
Yangihayot tumanidagi quyidagi joylarda ichimlik suvi bosimi pasayadi:
“Qipchoq”, “Yo`ldosh”, “Al-Farg`oniy”, “Viqor”, “Olchazor”, “Do`stlik”, “Chortoq”, “Charag`on” mahallalari va tumandagi Tug`ruqxona, Poliklinika №37, KVD, O`likxona, Yangihayot tuman hokimiyati, Doka xleb, "Toshkent" mahallasi, Metal zavod, 12-avtopark, KNS, “Green park” va xususiy bog`cha “Evrika” hududida ichimlik suvi bosimi pasayadi.
Ichimlik suvi to`xtatilgan hududlarga maxsus texnikada ichimlik suvi etkazib beriladi.