1

Termiz va Quyichirchiqda etil spirti va qalbaki alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Jinoyat 09.08.2022, 14:09
Termiz va Quyichirchiqda etil spirti va qalbaki alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quyichirchiq tuman bo`limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. 

Unda, “E.G.” MChJ tomonidan lisenziyasiz qonunga xilof ravishda 100 mln so`mlik 5 000 litr texnik etil spirti muomalaga kiritish maqsadida olib kelinganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo`yilgan.

Shu kabi, Departamentning Termiz shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, shahar hududida faoliyat yurituvchi 7 ta MChJga qarashli savdo do`konlarida jami 1 801 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari savdoga qo`yilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) va 186-1-moddasi (alkogol mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1