Tarixda birinchi marta O`zbekiston Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempioni bo`ldi
Hindistonning Chennay shahrida o`tayotgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida O`zbekiston erkaklar terma jamoasi Niderlandiya jamoasi ustidan g`alaba qozonib (2,5:1,5), chempionlikni qo`lga kiritdi.
Chempionlar:
Nodirbek Abdusattorov,
Nodirbek Yakubboev,
Javohir Sindarov,
Jahongir Vahidov,
Shamsiddin Vohidov.
O`zbekiston ayollar terma jamoasi esa so`nggi turda Kosta-Rika terma jamoasini mag`lub etdi (2,5:1,5).
O`zbekiston sharafini Umida Omonova (2006 yil), Afruza Hamdamova (2009 yil), Maftuna Bobomurodova (2006 yil), Marjona Malikova (2002 yil) va Nilufar Yakubboeva (2000 yil) himoya qildi.






