AsosiyJamiyat

46-shaxmat Olimpiadasi O`zbekistonda o`tkaziladi

'46-shaxmat Olimpiadasi O`zbekistonda o`tkaziladi'ning rasmi

Hindistonning Chennay shahrida Xalqaro shaxmat federasiyasining Kongressi tashkil etildi. Unda bir qator masalalar singari 2026 yilgi Butunjahon shaxmat Olimpiadasining mezboni masalasi ham ko`rib chiqildi.

E`tiborlisi, kongress davomida O`zbekiston shaxmat federasiyasi raisi Alisher Sa`dullaev 2026 yilgi Butunjahon shaxmat Olimpiadasi bo`yicha taqdimot o`tkazdi.

Kongressda so`zga chiqqan bir qator mamlakat delegatlari o`z vaqtida O`zbekistonda bo`lganliklari, mamlakatimizning tabiati, taomlari va bir qator hususiyatlari haqida iliq fikrlar bildiri va O`zbekiston nomzodini qo`llab-quvvatlashlarini ta`kidlashdi.

Ovoz berish jarayonida ishtirok etgan delegatlar bir ovozdan ushbu nufuzli musobaqa O`zbekistonda o`tkazilishini qo`llab-quvvatladi.

Shu tariqa to`rt yildan so`ng o`tkaziladigan 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga vatanimiz mezbonlik qiladigan bo`ldi. Bu borada O`zbekistonga Polsha va Zambiya mamlakatlari raqobat ko`rsatdi.

Eslatib o`tamiz, 2024 yilgi shaxmat Olimpiadasi Vengriya poytaxti Budapesht shahrida bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar