O`zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma`lumotga ko`ra joriy yilning 10-12 avgust kunlari kutilayotgan yomg`irlar yog`ishi sababli, Farg`ona vodiysining tog` oldi va tog`li hududlariga sel kelishi mumkin.
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo`rg`on tumanlarida;
Farg`ona viloyati: So`x, Shohimardon, Farg`ona, Beshariq tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tog`li va tog` oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko`rishni so`raymiz" deyiladi FVV xabarida.






