1

Samarqandda fermer xo`jaligi er maydonini sotmoqchi bo`lgan xo`jalik rahbari ushlandi

Jinoyat 09.08.2022, 16:36
Samarqandda fermer xo`jaligi er maydonini sotmoqchi bo`lgan xo`jalik rahbari ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi

Unda, “X.S.” fermer xo`jaligi rahbari K.A. va boshqalar ushbu xo`jalikka tegishli er maydonining 4 gektarini fuqaro O.ga 42 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 26 200 AQSh dollarini olib, keyinchalik farzandi S.A. orqali yana 15 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1