Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining xabar berishicha, u 2022 yilning may oyida andijonlik A.T. Rossiya Federasiyasiga ishlash maqsadida boradi.
U ehtiyotsizlik oqibatida Novosibirsk shahrida o`z avtomashinasida avtohalokatga uchraydi va ishga yaroqsiz holga kelib qoladi.
A.T. murojaatiga asosan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan “Novosibirsk-Tashkent” yo`nalishidagi aviareys orqali O`zbekistonga qaytishida amaliy yordam ko`rsatildi.
Mazkur fuqaroning O`zbekistonda mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan kutib olinib, davolanishda amaliy yordam ko`rsatilishi kelishib olingan.






