1

Rossiyada o`zbek diasporasi rahbari vatandoshlarini Ukrainadagi urushga jalb qilayotgani xabar qilindi

Jamiyat 09.08.2022, 17:47
Rossiyada o`zbek diasporasi rahbari vatandoshlarini Ukrainadagi urushga jalb qilayotgani xabar qilindi

Rossiyaning Perm shahridagi o`zbek diasporasi rahbari shaxsan o`z vatandoshlarini Ukrainadagi urushga jalb qilayotgani xabar qilindi. Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

Keltirilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda o`zbek diasporasi rahbari Rossiyaning Ukrainani demilitarizasiya qilish va denaziyalashtirish bo`yicha maxsus harbiy operasiyasini qo`llab-quvvatlash kerakligini ta`kidlagan.

Ijtimoiy tarmoqdagi ba`zi axborot kanallarida ‘Permdagi o`zbek diasporasi rahbari shaxsan o`z vatandoshlarini Ukrainaga urushga jalb qilyapti’ sarlavhali videolar tarqalmoqda. Shu munosabat bilan, O`zbekiston fuqarolaridan bunday da`vatlarga ergashmaslikni, ziddiyatli hududlarga bormaslikni va harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni so`raymiz» deyiladi xabarda.

Shuningdek, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi  Jinoyat kodeksining 154-1-moddasiga ko`ra,chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o`xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko`zda tutilganini eslatib o`tgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1