1

Farg`onada elektr ta`minoti korxonasi qarzdorlikni ikki marta undirmoqchi bo`ldi

Jamiyat 11.08.2022, 16:43
Farg`onada elektr ta`minoti korxonasi qarzdorlikni ikki marta undirmoqchi bo`ldi

Yozyovon tuman iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tashrif buyurgan shu tumanda istiqomat qiluvchi iste`molchi L. tuman elektr ta`minoti korxonasi tomonidan yuklangan 1 366 052 so`m qarzdorlikni aslida joriy yil boshida to`lagan bo`lsalarda, negadir MIB xodimi qarzdorlikni undirish uchun janjallashishgacha borganligini bo`yicha murojaat yo`llaydi. Bu haqda Jamiyat mutaxassisi Shavkatjon Saidov Darakchi`ga ma`lum qildi.

Ma`lum bo`lishicha, xonadonga yangi elektron hisoblagich o`rnatilgan bo`lib, iste`molchi qarzdorlik mavjud bo`lganida avtomatik tarzda tarmoqdan o`chish tizimiga ulangan bo`lsada, mazkur hisoblagichga tashqi aralashuv yo`li bilan peremichka qo`yib olinib, avtomatik tarzda o`chmaydigan qilib olinganligi sababli foydalanilgan elektr energiyasidan 2021 yil 1 dekabr holatiga 1 366 052 so`m qarzdorlikka solishtirma dalolatnoma ham tuzilganligi ma`lum bo`lgan.  

Iste`molchi ushbu dalolatnoma asosida 26.01.2022 yil yanvar oyida qarzdorlikni bartaraf qilgan. Lekin negadir tuman elektr ta`minoti korxonasi ushbu qarzdorlikni undirish bo`yicha  MIB tuman bo`limiga yana xabarnoma kiritgan. Natijada tushunmovchilik yuzaga kelgan.

Murojaatni o`rganish davomida iste`molchining qo`lidagi mavjud to`lov kvitansiyalari asosida qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirildi. O`rganish yakuni bilan esa iste`molchi bir marta to`langan qarzdorlikni ikkinchi marta to`lashdan xalos bo`ldi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1