AsosiyJamiyat

Andijonda bloger hokim yordamchisidan videosini internetda tarqatmaslik evaziga 300 dollar talab qildi (audio)

'Andijonda bloger hokim yordamchisidan videosini internetda tarqatmaslik evaziga 300 dollar talab qildi (audio)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda dastlab Izboskan tuman hokimi yordamchisi ish vaqtida oyog`ini uzatib, fuqaro bilan bepisand munosabatda bo`layotgani aks etgan video tarqaldi. Shundan so`ng hokim yordamchisi esa bloger videoni tarqatmaslik uchun undan 300 dollar pul so`ragani aks etgan audio tarqaldi. 

Izboskan tumani hokimi yordamchisi Hojimurod Umrzoqovning "Daryo"ga aytishicha,  bloger undan bir necha marotaba pul so`ragan. U esa yordam berib kelgan. So`nggi paytlarda esa blogerga moliyaviy ko`mak berolmay qolgan. 2022 yilning 6 iyun kuni ham xalqaro blogerlar kuniga biror narsa qilib berishini so`raganida, hech narsa qilib berolmasligini bildirgan.

Izboskan tuman hokimi yordamchisi ish vaqtida oyog`ini uzatib o`tirganini tan olgan. Uning aytishicha, bloger bu videoni tarqatib, uni ishdan oldirish bilan qo`rqitgan va niyatiga etgan. Ushbu video ijtimoiy tarmoqlarga tarqalgach, hokim yordamchisi lavozimidan ozod etilgan.

Bloger Muhammadyusuf Yo`ldoshev esa o`sha kuni haqiqatan ham "Menga 300 dollar ber. Sening videoingni chiqarmayman", degan taklifni bildirganini tan olgan, ammo bu gaplari kinoya-hazilomuz tarzda gapirganini aytgan.

Izboskan tumani hokimligi axborot xizmati ushbu holatga munosabat bildirgan. Munosabatda hokim yordamchisi lavozimidan ozod etilgan, qolgan xodimlar esa tartibga chaqirilgani ma`lum qilingan.

 

    Boshqa yangiliklar