O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Ma`lum qilinishicha, bugun va ertaga O`zbekiston bo`yicha kechasi va ertalab nisbatan salqin, kunduz kunlari biroz issiq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 18-22°, kunduz kunlari 32-37° atrofida bo`ladi.
Cho`l hududlarda ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlari bilan kuzatilishi mumkin.
Respublika hududiga yakshanba kunidan Turkmaniston hududlaridan biroz issiq havo kirib kelishi boshlanadi. O`zbekiston bo`yicha havo harorati asta-sekin ko`tariladi va keyingi haftaning boshida kunduzgi harorat 37-39° ga etadi.
Ushbu kunlarda O`zbekiston hududi bo`yicha asosan bulusiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Faqat bugun kechqurun Namangan va Farg`ona viloyatlarining ayrim tog`li hududlarida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin va sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor.






