Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylari davomida Toshkent shahriga respublikaning boshqa hududlaridan doimiy yashash maqsadida ko`chib kelganlar soni 25 290 kishini tashkil etgan.
Toshkent shahriga ko`chib kelish o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4 170 kishiga kamaygan.
Toshkent shahriga hududlardan doimiy yashash uchun ko`chib kelganlar soni:
— Qoraqalpog`iston R. – 461 kishi
— Andijon viloyati – 804 kishi
— Buxoro viloyati – 1 361 kishi
— Jizzax viloyati – 628 kishi
— Qashqadaryo viloyati – 3 039 kishi
— Navoiy viloyati – 729 kishi
— Namangan viloyati – 781 kishi
— Samarqand viloyati – 1 831 kishi
— Surxondaryo viloyati – 1 389 kishi
— Sirdaryo viloyati – 527 kishi
— Toshkent viloyati – 11 881 kishi
— Farg`ona viloyati – 1 039 kishi
— Xorazm viloyati – 820 kishini tashkil etmoqda.
Eslatib o`atmiz, avvalroq Toshkentdan qaysi viloyatga aholi eng ko`p ko`chib ketayotgani xabar qilingan edi.






