Davlat ekologiya qo`mitasi tasarrufidagi Qizilqum davlat qo`riqxonasida o`rnatilgan fotoqopqon to`qay mushugi bolalari bilan tasvirga oldi.
To`qay mushugi – mushuksimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon bo`lib, odatda, Amudaryo daryosining o`rta va quyi oqimlaridagi to`qayzor va suv havzalarining qirg`oqbo`yi zonasidagi chakalakzorlarda yashaydi.
Tanasining uzunligi 60-90 sm, dumi 21-30 sm, vazni 8-12 kg. Tashqi ko`rinishidan silovsinga o`xshab ketadi. Qushlar, kemiruvchilar va quyonlar bilan oziqlanadi.






