AsosiyJamiyat

Qorako`l matematika olimpiadasiga start berilmoqda (video)

'Qorako`l matematika olimpiadasiga start berilmoqda (video)'ning rasmi

To`xtamurod Jumaevning xotirasiga bag`ishlangan Qorako`l matematika olimpiadasiga start berilmoqda. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi xabar berdi.

Qorako`l maktabi asoschisi, O`zbekiston Respublikasi xalq o`qituvchisi, "Buyuk xizmatlari uchun ordeni" sohibi,  Davlatimiz rahbari ta`biri bilan aytganda, "Bugungi kunimizning haqiqiy ma`rifatparvari, davrimizning Avloniysi, Behbudiy domlasi, Munavvarqorisi" deya e`tirof etilgan ustoz To`xtamurod Jumaev 1945 yil 15 avgust kuni Buxoro viloyatida tavallud topgan. Uzoq yillar davomida Qorako`l tumanidagi maktabda matematika o`qituvchisi, keyinchalik direktor vazifasida faoliyat yuritgan.

Faoliyati davomida o`ziga xos yangi uslub maktabini yaratib, uni respublika darajasidagi ta`lim dargohiga aylantirgan  mohir pedagog, ta`lim fidoyisi To`xtamurod Jumaevning yorqin xotirasiga bag`ishlab matematika olimpiadasi tashkil etilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar