AsosiyJamiyat

Prezident 22 avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o`tkazadi

'Prezident 22 avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o`tkazadi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev 22 avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o`tkazadi. Bu haqda 15 avgust kuni prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirokidagi yig`ilishda ma`lum qilindi.

Qayd etilishicha, joriy yilda ham davlatimiz rahbari tadbirkorlar bilan uchrashib, sohadagi muammo va vazifalarni tahlil qiladilar, biznes vakillarining taklif va tashabbuslari bilan tanishib, yangi echimlarni ko`rsatadilar, tadbirkorlik rivojiga xizmat qiladigan qarorlarni qabul qiladilar.

Bu yilgi tadbirni 22 avgust kuni o`tkazish mo`ljallangan.

 Ma`lumot uchun, bo`lajak uchrashuvga tadbirkorlardan respublika shtabiga qariyb 8,5 mingta murojaat kelib tushgan, ularning 72 foizi hal etilgan.

    Boshqa yangiliklar