1

Andijon mashinasozlik instituti talabasi yotoqxona hojatxonasida o`z joniga qasd qildi

Jamiyat 15.08.2022, 18:18
Andijon mashinasozlik instituti talabasi yotoqxona hojatxonasida o`z joniga qasd qildi

Andijon mashinasozlik instituti 2-bosqich talabasi o`z joniga qasd qildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, Toshkent viloyati, Bo`ka tumanidada 1999 yilda tug`ilgan Q.D. Andijon mashinasozlik instituti talabalar yotoqxonasiga 5 avgust kuni bir o`zi kelib, tunab qolib ertasi kuni, ya`ni 2022 yilning 6 avgust kuni soat 09:30larda Andijon mashinasozlik instituti talabalar yotoqxonasining xojatxonasi eshigiga kabel simidan sirtmoq yasab, o`zini osib, joniga qasd qilgan.

D.Q.ning o`z joniga qasd qilganligi holati bo`yicha o`lim sababini aniqlash yuzasidan sudga oid tibbiy hamda sud-biologik ekspertizasi tayinlangan. Shahar prokuraturasi tomonidan D.Q.ning o`z joniga qasd qilishi sabablari aniqlanmoqda. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1